Mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi, davlat boshqaruvida ochiqlik va samaradorlik hamda fuqarolarimiz hayot sifatini yuksaltirishda zamonaviy raqamli texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlar, yurtdoshlarimiz hayotini qulaylashtirishga qaratilgan innovatsion yechimlar va texnologik taraqqiyot ortida mazkur sohaga hayotini bag‘ishlagan mutaxassislarning fidokorona xizmatlari, mashaqqatli mehnati yotibdi.
Shu bois ularni 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi va tizimida ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritib, o‘zining bilimi va salohiyati hamda yuqori kasbiy mahorati bilan soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyilar idoraviy mukofotlarga munosib deb topildi. Ular orasida “UNICON-SOFT” kompaniyasining xodimlari ham bor. Jumladan:
🔹 “UNICON-SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori o‘rinbosari Naimov Behruz Hafiz o‘g‘li — “O‘z kasbining ustasi” belgisi;
🔹 “UNICON-SOFT” MChJ Loyihalarni boshqarish bo‘limi loyiha menejeri Saydikarimov Xurshidjon Kabir o‘g‘li — vazirlik faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
8-may kuni “UNICON-SOFT” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Umid Usmanov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning raqamli taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etilgan xodimlar jamoa nomidan qutlandi hamda kompaniya tomonidan ham rag‘batlantirildi.
Mehnatlari e‘tirofga sazovor bo‘lgan hamkasblarimizni chin yurakdan qutlab, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!