Ariza yuborish

O‘zbekistonда ilk bor: Unicon Soft mahalliy SI tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun NVIDIA DGX Spark texnologiyasini joriy etdi

27.10.2025
55
O‘zbekistonда ilk bor: Unicon Soft mahalliy SI tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun NVIDIA DGX Spark texnologiyasini joriy etdi

Unicon Soft MCHJ mamlakatda ilk bor NVIDIA DGX Spark superkompyuterlarini sotib olib, o‘z infratuzilmasiga integratsiya qildi. Mazkur strategik qadam mahalliy dasturchilar va tadqiqotchilar faoliyatini texnologik jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Vazni atigi 1,2 kg bo‘lgan mazkur ilg‘or qurilma sun’iy intellektga ixtisoslashgan olimlar, injenerlar va talabalar uchun mo‘ljallangan. Endi ular zamonaviy SI modellarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy muhitda ishga tushirib, test qilish, tanlash va masalalarga mos ravishda moslashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Bu jarayon “bulut” resurslariga bog‘liqlikni kamaytiradi, xavfsizlik va tezkorlikni kuchaytiradi.

DGX Spark 200 milliard parametrligacha bo‘lgan modellarni o‘qitish quvvatiga ega. Bu esa sun’iy intellektni rivojlantirishdagi tadqiqot va tajribalarni sezilarli darajada jadallashtirib, yuqori aniqlikka ega intellektual yechimlar yaratish yo‘lini ochadi. Shu tariqa kompaniya katta hajmdagi ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish, mahalliy SI mahsulotlar ishlab chiqish va ularni global bozorga taqdim etish imkonlarini kengaytiradi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. DGX texnologiyalari jahonning yetakchi ilmiy markazlari va kompaniyalari tomonidan qo‘llanilayotgani kabi, endi mamlakatimizdagi axborot texnologiyalari sohasida ham yangi hamkorliklar uchun zamin yaratadi.

Unicon Softning bu qarori milliy texnoparklar, startaplar va AI laboratoriyalarining jadal rivojlanishiga turtki berishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonni mintaqada sun’iy intellekt bo‘yicha innovatsion markaz sifatida shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Tavsiya