Ariza yuborish

Sunʼiy intellekt xat yozishda yordam beradi

31.10.2024
451
Sunʼiy intellekt xat yozishda yordam beradi

Google kompaniyasi Gmail pochta xizmatining veb-versiyasida “Menga yozishga yordam ber” funksiyasini kengaytirmoqda. Ushbu vosita foydalanuvchilarga Gemini neyron tarmog‘i orqali xatlarni yaratish imkonini beradi. Mazkur funksiya, mobil qurilmalardagi kabi, xat yozish oynasi ochilganda paydo bo‘ladi.

Hozirgi bosqichda “Menga yozishga yordam ber” funksiyasi Google One AI Premium obunasi va Workspace‘da Gemini‘ga kirish huquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib, xabar qoralamalarini yaratishdan tashqari, ushbu vosita u yoki bu xabarni qanday yaxshiroq yozish, xabar matnini qanday qisqartirish va boshqa maslahatlarni berishi mumkin.

Google shuningdek, “Menga yozishga yordam ber” vositalar to‘plamining bir qismi bo‘lgan “sayqallash” funksiyasi uchun yorliq qo‘shdi. Bu yorliq 12 tadan ortiq so‘zni o‘z ichiga olgan xabar qoralamalarida ko‘rinadi. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun tegishli yorliqni yoki Ctrl+H tugmalar birikmasini bosish kifoya qiladi. Xizmatning mobil versiyasida bu imkoniyat bugungacha ishlab turgan “Qoralamani yaxshilash” yorlig‘ini almashtiradi. Qayta ishlash variantlarini ko‘rish uchun barmoqni ekran ustida yurgazish shart emas, tuzatishlarni ilova avtomatik ravishda kiritadi. Yangi funksiyadan foydalangandan so‘ng, boshqa sunʼiy intellekt vositalari yordamida xabarni yana qayta ishlash mumkin bo‘ladi.

Ushbu yangiliklar bosqichma-bosqich joriy etiladi va Gmail pochta xizmatining barcha foydalanuvchilari undan foydalana olishi uchun biroz muddat o‘tishi mumkin.

Siz o‘zi elektron pochtadan fodalanasizmi?

Tavsiya