Ariza yuborish

o3 va o4-mini – “suratlar orqali fikrlovchi” modellar taqdim etilmoqda

17.04.2025
84
o3 va o4-mini – “suratlar orqali fikrlovchi” modellar taqdim etilmoqda

OpenAI kompaniyasi mulohaza yuritish qobiliyatini takomillashtirish uchun yaratilgan ikkita yangi sunʼiy intellekt modelini eʼlon qildi. OpenAI o3 modeli ishlab chiquvchilar tomonidan “mulohaza yuritish qobiliyatiga ega eng kuchli model” deb taʼriflandi. OpenAI o4-mini esa ixchamroq va tezkor mulohaza yurituvchi model bo‘lib, “o‘z hajmi va narxiga nisbatan ajoyib samaradorlikni” namoyish etmoqda.

Yangi katta til modellarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular “tasvirlar orqali fikrlash” qobiliyatiga ega, yaʼni vizual maʼlumotlarni bevosita mulohaza zanjiriga kirita oladi. Bu, ayniqsa, chizmalar yoki elektron doskadagi kontent bilan ishlashda foydali. Modellar, shuningdek, tasvirlarni o‘zgartira oladi - ularni qayta ishlash jarayonida kattalashtirish, aylantirish va tahlil qilishni ham uddalaydi.

OpenAI‘ning maʼlum qilishicha, yangi modellar ChatGPT‘ning barcha vositalaridan, jumladan veb-qidiruv, tasvirlarni tahlil qilish va yaratish, hamda fayllarni o‘qishdan foydalana oladi. Ushbu funksiyalar bugundan eʼtiboran o3, o4-mini va o4-mini-high modellaridan foydalanuvchi ChatGPT Plus, Pro va Team tarif rejalaridagi mijozlarga taqdim etiladi. Eng kuchli o3-pro modeli uchun vositalar qo‘llab-quvvatlashi “bir necha hafta ichida” kutilmoqda. Shu bilan birga, hozirda mavjud o1, o3-mini va o3-mini-high modellari ko‘rsatilgan tarif rejalari doirasida bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqariladi.

Avvalroq GPT-4o‘ning vorisi - sunʼiy intellektning eng ilg‘or modeli GPT-4.1 taqdim qilingani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya